SAGATOV Serikbay Juzjasarovich

SAGATOV Serikbay Juzjasarovich (1949.14.9, Tomdi tumani) — ilgʻor qorakoʻlchi chorvador, Oʻzbekiston Qahramoni (2003). Oʻrta maktabni tamomlaganidan keyin mehnat faoliyatini 1964-y. da Tomdi tumanidagi «Birlik» jamoa xoʻjaligida yordamchi choʻpon boʻlib boshlagan. 1970-y. dan shu xoʻjalikda (2000-y. dan shirkat xoʻjaligi) bosh choʻpon. Qizilkum choʻli sharoitlarida qorakoʻlchilikni tiklash va rivojlantirish ishlariga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Krrakoʻl qoʻylari zotini yaxshilash, qorakoʻl qoʻylari zootexnikasi, zamonaviy veterinariyasanitariya amaliyotini takomillashtirish va joriy etish boʻyicha muhim yutuklarni qoʻlga kiritdi. Koʻp yillar davomida har 100 soaliqdan 114—120 bosh qoʻzi olib, ularning 75— 95%ini oʻstirishga qoldirishga (2003-y. dan har 100 sovliqdan 120 tadan qoʻzi, 95% ini oʻstirishga qoldirdi), sotiladigan qorakoʻl terilari navlarini oshirishga erishdi.