SAGAMIXARA

SAGAMIXARA — Yaponiyadagi shahar. Kanagava prefekturasida. Xonsyu o. ning jan. sharqiy qismida, Dosi daryosi boʻyida. Aholisi 605 ming kishi (2000). Mamlakatning elektromashinasozlik va avtomobilsozlik hamda yadro tadqiqotlari markazi. Oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor.