SAVOYYA GERSOGLIGI

SAVOYYA GERSOGLIGI — 1416-1720-y. da mavjud boʻlgan davlat (11-a. — 1416-y. da graflik maqomiga ega boʻlgan). Dastlab poytaxti Shamberi sh. (Fransiyada), 1563-y. dan Turin sh. (Italiyada) boʻlgan. Savoyya gersogligi tarkibiga Pyemont kirgan. London shartnomasi (1720)ga koʻra, Sitsiliya badaliga Sardiniya S. g. ga oʻtdi. Shunga koʻra, bu davlat Sardiniya qirolligi deb ataldi.