SAVISKIY Igor Vitalyevich

SAVISKIY Igor Vitalyevich (1915.4.8, Kiyev — 1984.27.7, Nukus) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), Qoraqalpogʻiston xalqrassomi (1974). Moskva rassomlik in-tini tugatgan (1946). Saviskiy ijodi badiiy tasvir uslubining dadilligi, boʻyoq qatlamini dagʻal yotqizilishi bilan ajralib turadi; oqish ranglar uygʻunligi (jigarrang, qovoq hamda sabzi rang va b.)ni afzal koʻrgan rassom asarlarida janub tabiati, Qoraqalpogʻiston manzaralari oʻzining yorqin aksini topgan: «Oq qalʼa. Umumiy koʻrinish» (1954); «Qoraqumda», «Chimboy oqshomi», «Kegeyli kanali» — hammasi 1956; «Qayragʻochlar» (1959) va b. S. asarlari Oʻzbekiston sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi, Qoraqalpogʻiston sanʼat muzeyida saqlanadi. Rassomning saʼyharakatlari natijasida tashkil topgan Qoraqalpogʻiston sanʼat muzeyiga Saviskiyning nomi berilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1983). «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2002).

As: Rezba po derevu. Narodnoye prikladnoye iskusstvo Karakalpakii, T., 1963.