SAVDOGARBANK

«SAVDOGARBANK» — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banklaridan biri. 1994-y. 12-mayda savdo va tijoratga koʻmaklashuvchi «Savdogar» aksiyadorlik tijorat banki sifatida tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent sh. da. Bank taʼsischilari: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, «Oʻzbeksavdo», «Oʻzbekbirlashuv» aksiyadorlik kompaniyalari. Aksiyadorlari 8079 yuridik va jismoniy shaxslardan iborat. «Savdogarbank» keng tarmoqli universal banklardan biri boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda, tumanlarda 50 ta boʻlimi, 24 minibanki ishlaydi. Bank respublikadagi turli tarmoq korxonalariga bank xizmatlarini koʻrsatadi. Jumladan, savdo korxonalari bilan xalq xoʻjaligining barcha tarmoklari korxonalari oʻrtasidagi savdokredit operatsiyalari va hisobkitoblarni mablagʻ bilan taʼminlash, lizing, faktoring, hujjatli inkasso va hujjatli akkreditivlar, eksportimport bitimlarini rasmiylashtirish, «bankmijoz» masofadan turib hisobraqamlarga xizmat koʻrsatish, avtokreditlar berish kabi xizmatlarni amalga oshiradi. «Savdogarbank» tomonidan i. ch. mikrofirmalari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, kichik va oʻrta biznes korxonalari, dehqon va fermer xoʻjaliklariga hamda yakka tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratishga alohida eʼtibor karatiladi. Mijozlar (22815 ta; 2004-y. 1 yanv.) b-n ishlash uslublari un-tazam takomillashtirilib, bank xizmatlarining zamonaviy shakllari amaliyotga joriy etilmoqda. Bank respublika qimmatli qogʻozlar bozorida faol qatnashadi. ABN Amrobank, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Germaniyaning «Bank Gezelshaft Berlin» banklari bilan vakillik aloqalari oʻrnatilgan. Bank ustav kapitali 2,5 mlrd. soʻm, oʻz kapitali 4,2 mlrd. sum, yillik foyda 1 mlrd. soʻm, jami aktivlari 44,5 mlrd. soʻm, tizimda 2 mingdan oshiq xodim ishlaydi (2004, 1 yanv.). Musurmon Nurmamatov.