SAVDOGAR

«SAVDOGAR» — iktisodiyot va savdo-tijorat haftalik gazetasi. 1992-y. 19 avg. dan Toshkent sh. da chiqadi. Muassislari «Oʻzbeksavdo» va «Oʻzbekbirlashuv» aksiyadorlik kompaniyalari. Gaz. da iqtisodiyot, i. ch., savdo-tijorat, xizmat koʻrsatish, tadbirkorlik va b. mavzulari yoritiladi, reklama eʼlonlari beriladi. Adadi 4 ming nusxadan koʻproq.