SAVDO PALATASI

SAVDO PALATASI — iqtisodiyot va savdoni, birinchi navbatda, mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdoni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi xalqaro jamoat yoki davlat tashkiloti. Savdo palatasi aksariyat hollarda firmalarning ishbilarmon doiralarini birlashtirishga, savdo aloqalarini oʻrnatishga, savdosotiq ishtirokchilariga zarur axborotlarni taqsim etishga xizmat kiladi. Faoliyati miqyosiga qarab, xalqaro, aralash, milliy Savdo palatasi lariga boʻlinadi.

Xalqaro Savdo palatasi (XSP) (International Chamber of Commerce, ICC) — jahon ishbilarmon va tadbirkorlar doiralari va birlashmalari federatsiyasi. 1919-y. Atlantik Siti (AQSH)da oʻtkazilgan xalqaro savdo konferensiyasida tuzilgan. 1920-y. dan boshlab faoliyat koʻrsatadi. 100 dan ortiq mamlakat milliy Savdo palatasi larini birlashtiradi. Sobiq savdo palatasi XSP ga aʼzo boʻlgan va 1959-y. da boshqa ittifoqdosh respublikalar kabi Oʻzbekistonda ham bu palataning respublika boʻlimi tuzilgan (1972—90 y. larda savdosanoat palatasi). XSP xalqaro tijorat faoliyati standartlarini, xalqaro iqtisodiy siyosat va tajribalar asosida tavsiyalarni ishlab chiqadi, turli mamlakatlar ishbilarmonlarining hamkorligini yoʻlga qoʻyadi, xalqaro iqtisodiy muammolarni hal etishga koʻmaklashadi va b. XSP tarkibida 15 xalqaro komissiya, ixtisoslashgan maxsus organlar (xalqaro arbitraj sudi, xalqaro savdo palatalari byurosi va b.) ishlaydi. Idorasi Parijda joylashgan. Aralash Savdo palatasi ikki mamlakat ishbilarmonlarini birlashtiradi va mamlakatlararo savdo sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlar va korxonalar oʻrtasida samarali hamkorlikni kengaytirish va b. xizmat koʻrsatadi. Milliy Savdo palatasi bir mamlakatda tashki savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun tuzilgan tadbirkorlarning jamoat tashkiloti, baʼzan savdosanoat palatasi ham deb yuritiladi. Chet ellarda mamlakat savdosanoat koʻrgazmalarini tashkil etish, mamlakatda xorijiy davlatlar savdosanoat koʻrgazmalarini oʻtkazishga yordam berish, yangi isteʼmol tovarlarini sanoat oʻzlashtirishiga va savdoga chiqarishga yordamlashish, mahsulotlar sifatini ekspertiza qilish va b. vazifalarni bajaradi. 20-a. ning 90y. laridan ayrim mamlakatlarda milliy Savdo palatasi oʻrniga sanoatchilar va tadbirkorlar palatasi (Rossiya), Tovar ishlab chikaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (Oʻzbekistan) kabi tashkilotlar tuzildi va faoliyat olib boradi.

Nuriddin Yoʻldoshev.