SAVDO

SAVDO — 1) tovar muomalasining bir turi, mehnat mahsulotlari va xizmatlarni oldisotdi yoʻli bilan ayirboshlash shakli. Bunda tovar xaridi miqdori, tovar sifati, sotishdan oddin yoki keyin xizmatlar koʻrsatish, sotib olingan tovar yoki xizmat haqini hisobkitob qilish tartibi va b. shartlashiladi;

2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasidagi qiymat almashuviga doir munosabatlar. Tovar i. ch. paydo boʻlishi bilan tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, yaʼni Savdo vujudga kelgan. Xalqxoʻjaligining ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ajralib chiqqan va tovarlarni olishsotish va ular bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishda vositachilik faoliyatini amalga oshiradigan tarmogʻi. Ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlaydi, tovarlarni soʻnggi isteʼmolchi (aholi)ga yetkazishni taʼminlaydi. Ulgurji va chakana savdoga boʻlinadi. Ulgurji S — tovarlarni i. ch. isteʼmoli yoki qayta sotish uchun yirik partiyalarda sotib oladigan yoki saklaydigan, ularni chakana Savdoga, isteʼmolchi yoki b. savdo tashkilotlariga sotadigan muassasalarmajmui. Chakana Savdo — bevosita isteʼmolchining pul daromadlariga ayirboshlash yoʻli bilan yakka yoki kichikroq miqdordagi tovarlarni sotib oxirgi isteʼmolchiga xizmat koʻrsatadi. Savdo ichki va tashqi Savdoga boʻlinadi. Ichki Savdo bir mamlakat doirasida tovar muomalasiga xizmat koʻrsatadi. Tashqi Savdo mamlakatlararo tovar muomalasini qamraydi. Sugʻurta, turizm, fraxt, bank faoliyati «koʻrinmas» (joriy harakatlar boʻyicha sezilmas) Savdoga kiradi (yana q. Marketing).