SAVATCHA

SAVATCHA (Calathidium) — oʻsimliklarning monopodial toʻpguli. Mayda gullar shoxchalarining uchida likobchasimon yoki sharsimon Savatcha hosil qiladi. Asosan, qoqioʻtdoshlar (moychechak, qoqioʻt, kungaboqar), baʼzi ziradosh (koʻktikan) va b. ga xos. Savatcha oʻrama barglar, shuningdek, shakli oʻzgargan ustki barglar bilan oʻralgan.