SAVAR

SAVAR (Savart) Feliks (1791.30.6, Mezyer — 1841.16.3, Parij) — fransuz fizigi, Parij FA aʼzosi (1827-y. dan). Maʼlumoti boʻyicha vrach. Parijdagi xususiy oʻquv yurtida fizika boʻyicha prof. (1820-y. dan). Ilmiy ishlari akustika, elektromagnetizm va optikagaoid. 1820-y. da J. B. Јio bilan birga tok hosil qilayetgan magnit maydoni kuchlanganligini aniqlaydigan qonun (P. Laplas keyinchalik uni umumlashtirgan, q. Bio — Savar — Laplas qonuni) ni topdi. Turli jismlarda tovushning tarqalishini va rezonans hodisasini tajribada oʻrgangan, torli asboblarni yasashning asosini ishlab chiqqan.