SAVANNA ZONALARI

SAVANNA ZONALARI asosan, subekvatorial, kamroq tropik va subtropik mintaqalarda joylashgan tabiat zonalari. Iklimi mavsumiy sernam, qurgʻoqchil va yomgʻirli mavsumlari anik, ajralib turadi. Yomgʻirli davr ekvator tomonga uzayib borib 8— 9 oygacha yetadi. Yogʻin miqdori 250 mm dan 2000 mm gacha. Daryolarda suv mikdori fasllarga qarab keskin oʻzgaradi. Tuproqlari qizilqoʻngʻir, qizil tuproq. Oʻsimliklar qurgʻoqchil buta va oʻt oʻsimliklaridan sernam joylarda boʻliq oʻtli oʻrmonlargacha oʻzgaradi. Savanna zonalarida yirik oʻtxoʻr hayvonlar (antilopa, jirafa, begemot, zebra, fil va b.), yirtqichlar va turli qushlar yashaydi. Koʻp yerlar inson tomonidan oʻzgartirib yuborilgan. Haydaladigan yerlarda paxta, yer yongʻoq, shakarqamish va b. ekiladi.