SAVANNA

SAVANNA (ispancha Sabana) — tropik oʻrmonlar va choʻllar oraligʻida tarkib topgan biom tipi. Savanna qurgʻoqchil va sernam mavsumlar aniq almashinadigan va yillik yogʻin 250—2000 mm boʻlgan sharoitlarda rivojlanadi. Afrikada materikning 40% Sdan iborat. Savannada boʻliq oʻtlar (1m dan 3 m gacha va baʼzan undan ham baland, asosan, gʻalla gullilar) orasida yakka va toʻptoʻp daraxtlar hamda butalar usadi. Ular soyabonsimon koʻrinishga ega. Afrika S. siga oʻxshash zonalar Jan. Amerika (kampos, lyanos), Jan. Osiyo va Avstraliyaning shim. sharqida qam uchraydi (yana q. Savanna zonalari).