SABO

SABO, Navroʻzi sabo — 1) Oʻn ikki maqom tizimidagi Navroʻz nomli ovozaga asoslangan shoʻba nomi;

2) Shashmaqom tarkibidagi Rost makrmining nasr shoʻbalaridan. Segoh maqomining Navroʻzi xoro, Navo va Dugoh maqomining Husayniy shoʻbalariga ohangdosh. Mazkur asar Domla Hakim ijrosida yuksak badiiy talqin ifodasini topgan.