SABLUKOV Gordiy Semyonovich

SABLUKOV Gordiy Semyonovich (1804, Ufa yaqinida — 1880.29.1, Qozon) — rus sharqshunosi. Ruhoniy oilasida tugʻilgan. Orenburg diniy seminariyasi (1826) va Moskva diniy akademiyasi (1830)ni tugatgan. Sablukov Saratov diniy seminariyasi (1830—49) hamda Sharq va klassik tillar boʻyicha Qozon diniy akademiyasi (1849—62)da oʻqituvchi. S. Volgaboʻyi, qipchokdar va Oltin Oʻrda tarixi, numizmatikasi, arxeologiyasi, etn. siga oid asarlar muallifi. Qurʼonni arab tilidan rus tiliga tarjima qilgan va nashr ettirgan (1878). Abulgʻoziy Bahodirxonning «Shajarayi turk» asarini ruschaga tarjima kilgan, 1906-y. da Qozonda chop etilgan.

As: Prilojeniye k perevodu Korana, Kazan, 1879, 1898.