SABZAVOT BOʻZTIKANI

SABZAVOT BOʻZTIKANI, poliz boʻztikani (Sonchus oleraceus L.) — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik, sust shoxlanadi, boʻyi 30—80 sm. Barglari patsimon kesilgan, yashil. Gullari sariq, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Maysalari erta bahorda unib chiqadi. Apr. mayda gullaydi, may—iyunda mevalaydi. Urugʻlari juda unuvchan. Unishi uchun eng qulay harorat 15—25°, lekin bundan yuqoriroq haroratda (35° gacha) urugʻi yaxshi unadi. Ildizi oʻq ildiz. Oʻq ildizidan koʻplab yon ildizlar chiqaradi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Sugʻoriladigan barcha ekinzorlarda (koʻproq bedazorlarda) begona oʻt tariqasida uchraydi.

Kurash choralari: yerni kuzda shudgorlash; makkajoʻxori dalalarida simazin va paxta maydonlarida gerbiiidlardan kotoraya, kotofor yoki prometrin purkaladi.