KOʻHISTON

KOʻHISTON — Erondagi togʻli tabiiy oʻlka. Dashti Kavir va Dashti Lut choʻllari oraligʻida. Aksari meridioval yoki shim. va shim.-gʻarbdan jan. va jan.-sharqqa yoʻnalgan hamda oʻzaro keng soyliklar bilan ajralgan bir necha tizmalardan iborat. Bal. 1500—2000 m, ayrim choʻqqilari 2500 m dan baland (Murkum togʻi, 2839 m). Togʻ oralaridagi yassi soyliklarning bal. 800—1200 m boʻlib, shoʻrxoklar bilan qoplangan. Iqlimi keskin kontinental, choʻl iqlimi. Yozi issiq, quruq; qishi birmuncha sovuq. Yillik yogʻin 200 mm gacha. Daryo oʻzanlarida faqat yomgʻir yoqqanda suv oqadi. Oʻsimlik siyrak. Koʻp joylari toshloq, qumloq va shoʻrxokli choʻl. Yaylov chorvachiligi rivojlangan; togʻ oldilarida kichikroq vohalar bor.