KABARDINLAR

KABARDINLAR (oʻzlarini adigelar deb ataydilar) — xalq. RF tarkibidagi Kabarda-Balkariya Respublikasida (364 ming kishi), Krasnodar, Stavropol oʻlkalarida hamda Shim. Osetiyada ham yashaydi. RFda umumiy soni 386 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kabardincherkas tilida soʻzlashadilar. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar, pravoslavlar ham bor.