KABVE

KABVE (1967-y. gacha Broken-Xill) — Zambiyadagi shaqar. Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi 170 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Qoʻrgʻoshin, pyx, vanadiy olinadi va eritiladi. Q. x. mahsulotlarini qayta ishlash markazi (makkajoʻxori, tamaki, goʻsht chorvachiligi). Shahar 1902-y. da polimetall rudalar konining ishga tushirilishi munosabati bilan qurila boshlagan. Kabve dagi konlardan birida qad. odamning kalla suyagi topilgan (1921).