KOʻHISIM

KOʻHISIM (Qoʻrgʻontepa) – Iloq davlatidagi qad. shahar xarobasi (6 — 11-a. lar). Nishboshsoyning Ohangaron daryosiga quyilish yerida, Angren sh. yaqinida. 1960-y. D. P. Varxotova va V. A. Nilsen u yerda dastlabki qazish ishlarini olib borgan. Tadqiqotlar natijasida quyidagilar aniqlangan: K. 6—7-a. larda yirik yer egasi — dehqon qoʻrgʻoni sifatida yuzaga kelgan. 8—9-a. larga kelib, qalʼa-shaharga aylangan va mayd. 16 ga ni tashkil etgan. Bu davrda u 3 qism — qalʼa, shahriston hamda raboddan iborat boʻlgan. Ravnaq topgan davri 9—10-a. larga toʻgʻri keladi. 1962 va 1963-y. larda olib borilgan qazishmalar vaqtida 10—11-a. larga oid ik-kita mis va kumush tangalar xazinasi, paleolit davriga mansub chaqmoqtoshdan qilingan mehnat qurollari, sopol haykalcha boʻlagi, 10-a. ga doir sopol va shisha idishlar siniklari topilgan. Shuningdek, Nishboshsoy boʻyidan qizil porfirit (togʻ jinsi) dan yasalgan tegirmon toshi boʻlagi ham topilib, uning rudalarni maydalashda ishlatilgani maʼlum boʻldi.

Ad.: Buryakov Yu. F., Genezis i etapы razvitiya gorodskoy kulturы Tashkentskogo oazisa, T., 1982.