KOʻRINISH

KOʻRINISH (teatrda) — dramatik asar yoki teatr tomoshasining tugallangan bir qismi. Koʻrinishlar bir-biridan antrakt bilan emas (parda tushirilsa ham) qisqa tanaffus bilan ajratiladi.