KOʻPKANOGʻOCH GʻORI

KOʻPKANOGʻOCH GʻORI — Qoratepa togʻ tizmasi (Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani)dagi gʻor, 1050 m balandlikda. Silur davriga mansub ohaktoshlardan hosil boʻlgan. Fop ogʻzi uchburchak shaklda, jan.-gʻarb tomonga ochilgan. Ichkariga tomon torayib boradi. Devorlari va shipida mumiyo qoplami uchraydi. Umumiy uz. 12 m dan ziyod, mayd. 167 m2, hajmi 351 m3.