KOʻMIRLANISH

KOʻMIRLANISH — torfli botqoklik qatlamlarida boʻladigan ikkilamchi geologik jarayon. Bunda torf koʻmirga, koʻmir toshkoʻmirga va oxiri antratsitga aylanadi. Koʻmirlanish fizik-kimyoviy jarayon boʻlib, torf qatlamlari boshqa jinslar bilan qoplangandan soʻng sodir boʻladi.