KOʻKYONGʻOQ

KOʻKYONGʻOQ — Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatidagi shahar (1943-y. dan). T. y. stansiyasi. 1500 m balandlikda, Fargʻona tizmasining gʻarbiy etagidagi Surentepa togʻ yon bagʻrida, Qoʻrgʻontosh daryosi sohilida joylashgan. Jalolobod sh. dan 28 km, Oʻsh sh. dan 88 km uzoqlikda. Yanv. da oʻrtacha t-ra —10°, iyulniki 20°. Yiliga 400 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 11 ming kishiga yaqin (2000). 1910-y. da toshkoʻmir konining ishga tushirilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Toshkoʻmir qazib olinadi. Transport va iqtisodiy aloqalar avtomobil va t. y. orqali amalga oshiriladi. Tikuvchilik f-kasi, non z-di, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti, 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar bilim yurti, 3 kutubxona, kasalxona, poliklinika bor.