KOʻKAT OʻGʻIT, siderat — tuproq unumdorligini oshirish maqsadida koʻkligida tuproqqa qoʻshib haydab yuboriladigan oʻsimliklar massasi. Koʻkat oʻgʻit maqsadlarida dukkaqlilardan mosh, koʻk noʻxat, lyupin, soya, loviya, vika, shabdor, bersim, karamgullilardan xantal, raps va b. dan foydalaniladi. Bu ekinlar mustaqil (shudgor qilinadigan dalaga) yoki oraliq ekin sifatida (alohida dalani band qilmay) koʻzda ekiladi, koʻklamda asosiy ekin ekilishi oldidan (mart-may oylarida) tuproqqa koʻshib haydab yuboriladi.
Koʻkat oʻgʻit tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi, uni organik modda va azotga boyitadi. Almashlab ekishda goʻng va mineral oʻgʻitlar bilan qoʻshib qoʻllanilganda samaradorligi yanada ortadi..