KUYA

KUYA, kuyalar (Tineidae) — kapalaklar turkumiga mansub hasharotlar. Turliqanotlilar (Frenata) kenja turkumining 70 dan ortiq oilasini oʻz ichiga oladi. Qanotlari ensiz, yozilganda 1—5 sm, oldingi qanotlari orqa qanotidan kattaroq boʻlishi, koʻpincha bo-shida tikkayib turgan tangachalarining borligi b-n ajralib turadi. 2000 dan ortiq turi mavjud, jumladan, Oʻrta Osiyoda 35—40 dan koʻp turi uchraydi. Bir qancha turlari turar joylarda, omborlarda yashaydi. Kuya orasida zararkunandalari koʻp. Kapalagi qoʻygan tuxumdan chiqqan qurt (lichinka) lari zarar keltiradi. Haqiqiy Kuyalar oilasiga mansub zararkunandalardan poya K. sining qurtlari bugʻdoy va javdar oʻsimligi poyalarini, ombor K. sining qurtlari don, meva qoqilari, pustin Kuyasi va kiyimlari jun, junli matolar, moʻyna va b. ni zararlaydi; toʻrvali Kuya, girdak Kuya, meva Kuyasi olma, nok, doʻlana, oʻrikning rivojlanayotgan kurtaklari, keyinchalik barglari bilan oziqlanib katta ziyon keltiradi. Karam va butguldoshlarga mansub boshqa oʻsimliklarga karam Kuyasi katta zarar keltiradi. Bu K. ni baʼzi olimlar mustaqil oila deb hisoblaydi. Oʻyiqqanotli Kuyalar oilasining vakili — gulxyyri kuyasi paxtaning ashaddiy zararkuvandasi; bu oilaga yana don kuyasi, shuningdek, karantin nazoratidagi gʻoʻza hamda kartoshka K. lari ham kiradi.

Kurash choralari: uy-roʻzgʻorda uchraydigan Kuyaga vaftalin, karam Kuya siga 40% li ripkord (0,1 l/ga), 20% li sumitsidin(0,3 l/ga) yoki fozalon qoʻllash; don Kuya siga qarshi donni 25% li amboʻsh (1,2 g/m2) yoki metil yoki metil bromid bilan dorilash.

Sulton Alimuhamedov.