KUL

KUL — 1) organik moddalar (oʻtin, koʻmir, torf, oʻsimlik qoldiklari va b.) yoqilganda yonmay qoladigan mineral qoldiq; kaliylifosforli-ohaqli oʻgit. Qurilish materiallari sa-noatida Kuldan sementning ayrim turlarini tayyorlashda foydalaniladi. Baʼzi koʻmir K. dan germaniy va galliy kabi nodir elementlar ajratib olinadi. Yengil kukun, gigroskopikligi past. Oʻt oʻsimliklar K. i daraxtlarnikiga nisbatan K2O ga boy (bugʻdoy somonida 9% gacha R2O5,4%gacha SaO bor), marjumak va kungaboqar K. ida kaliy koʻp (25—40%). Oʻt oʻsimliklar Kul ida 2,5— 8,6%, daraxtlar Kul ida 2,0 — 7,3%, torf K. ida 0,5—1,2% R2O5 bor, Kul tarkibida magniy, oltingugurt, makro – va mikroelementlar ham boʻ-ladi. Kulni asosiy oʻgʻit sifatida koʻz-gi shudgorlashda (5—6 s/ga) va vegetatsiya davrida (2,5—4 s/ga) tamaki, zi-gʻir, dukkaqlilar, kartoshka va b. ni oziqlantirishda qoʻllash tavsiya eti-ladi.

2) Erysiphales xaltali zamburugʻlar sinfiga mansub parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalliklari. Tok, beda, poliz ekinlari, mevali daraxtlar, tut va b. koʻp zararlanadi. Oʻsimliklarning barg, yosh novda, shox, mevalari va b. organlarida oq gʻubor koʻrinishida paydo boʻladi. Keyinchalik gʻubor qoramtir tus oladi, koʻpdan-koʻp qora nuqtalar bilan qoplanadi. Kasal mevalar yorilib ketadi va eti chiriydi. QOʻzgʻatuvchisi konidiyalar yordamida koʻpayadi. Qoʻzgʻatuvchining rivojlanishi uchun 12—20° harorat, havo nisbiy namligining 50—80% boʻlishi qulaylik tugʻdiradi. Hosiddorlikni 25% ga qadar yoʻkrtishga olib keladi. Boshokli ekinlar Kuli (Erysiphe graminis), ayniqsa, bugʻdoyga katta zarar yetkazadi. Tok K. i yoki oidium — qoʻzgatuvchi Uncinula necator — tokning bargi, yer usti yashil organlarini zararlaydi, kasallangan uzum gʻujumlari yoriladi, achimsiq hid chiqaradi, oq gʻubor bilan qoplangan holda rivojlanmay qoladi. Qand lav-lagi Kuli yoki erizifoz (Ye. communis)fl a oʻsimlik soʻliydi, soʻngra qurib qoladi. Kul poliz ekinlari (qovun, bod-ring oqpalagi), atirgul, olma va b. da uch-raydi.

Kurash choralari : K. ga chidamli navlarni ekish; oʻsimlik qoldiqlarini yoʻqotish, fosforli-kaliyli oʻgʻitlarni solish; foʻngitsidlarni (kolloid oltingugurt — 1%, kukun oltingugurt — 25 kg/ga, 1%li bordo suyukli-gi, ohak-oltingugurt qayvatmasi) qoʻllash; oʻsimlik va mevali daraxtlar, tokning qalin oʻsishi va soyala-nib qolishiga yoʻl qoʻymaslik (yava q. Oidium).

Norqoʻzi Ergashev.