KRUM

KRUM (? – 814.13.4) – Birinchi Bulgʻor podsholigi hukmdori (803—814). U hukmdor Kardamdan keyin taxtga chiqqan. Protobulgʻor va slavyan zodagonlarini birlashtirgan. Franklar tomonidan Anar xoqonligi tugatilgandan soʻng (8-a. ning 90-y. lari) — uning sharqiy va jan. yerdari Bulgʻoriya tarkibiga qoʻshib olingan (805). Bulgʻoriyaning kuchayishini xoxlamagan Vizantiya imperatori Nikifor I (802—811) bulgʻor hukmdori Kardam b-n tuzilgan sulh shartnomasini buzib, 807-y. Bulgʻoriyaga hujum qilgan. Oʻrtada bir nechta kuchli toʻqnashuv va janglar boʻlib oʻtgan. 809-y. bulgʻorlar Serdika sh. ni (hoz. Sofiya) bosib olgan. 811-y. 26-iyulda Krum boshchiligidagi bulgʻorlar Virbish darasida vizantiyaliklarni tor-mor keltirgan. Bosh qoʻmondon imperator Ni-kifor va uning sarkardalari jangda halok boʻlgan. K. Versinikiya jangi (813 y 22 iyul)da vizantiyaliklarni qayta magʻlubiyatga uchratgach, Adrianopol (Edirne) qoʻshib olingan. U nafaqat qobiliyatli sarkarda, balki yaxshi davlat tashqilotchisi edi. Uning davrida Bulgʻoriya mustaqkamlanib, hududi kengaygan. Birinchi umumdavlat qonunlari (Krum qonunlari)ni eʼlon qilgan. Konstantinopol qamaliga tayyorgarlik koʻrish paytida vafot etgan.