KRIVOY ROG

KRIVOY ROG — Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi shahar (1919-y. dan), Ingules daryosining bosh qismida. T. y. tuguni. Aholisi 711 ming kishi (1997). Krivoy Rog temir ruda havzasi markazi. Kon boyitish k-tlari, metallurgiya k-ti, koks kimyosi z-di, mashinasozlik (kon jihozlari), yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. 2 oliy oʻquv yurti, teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Krivoy Rogga 1775-y. asos solingan.