KOTTEJ

KOTTEJ (ing. cottage — dehqon uyi) — bir oilaga moʻljallangan, asosan, ikki qavatli qilib qurilgan hovlili uy. Kottejning 1-qavatida mehmonxona, oshxona va b., 2-qavatida yotoqxona, dam olish va yuvinish xonalari joylashadi, ikkala qavat oʻzaro ichki zina bilan birlashtiriladi. Asosan, 16-a. oxiri 17-a. boshlarida Angliyada qurila boshlagan, keyinchalik Skandinaviya, AQSH va b. joylarda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 1940-y. lardan qurila boshlagan. Toshkentda Kottej qurilishi, asosan, 1966-y. dagi zilziladan soʻng avj oldi.