KOSMIK TELEVIDENIE

KOSMIK TELEVIDENIE — tasvirni kosmik televizion tizimlar orqali uzatish. Bunda kosmik fazo va b. sayyoralar sirtidagi kosmik kema, sayyoralararo avtomatik stansiya va Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) bortidan oʻzatilgan televizion tasvirlarni Yerdagi radioaloqa st-yalari kabul kilib, televizion koʻrsatuv tarmoqlari orqali retranslyatsiya qiladi. Birinchi marta 1959-y. da «Luna-3» avtomatik st-ya yordamida Oyning teskari tomonining tasviri oʻzatilgan. Kosmik televideniyedan Oy, sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini tadqiqot qilishda, kosmosdagi turli operatsiyalar (kosmik apparatlarni tutashtirish, insonning ochiq kosmosga chiqishi va b.) ni, kosmik apparatlar (mas, «Lunoxod») ni masofadan turib boshqarishda foydalaniladi. Kosmik televideniye telekameralarni meteorologik YESY, shuningdek, tabiiy resurslarni tadqik, qilish uchun moʻljallangan YESY jihozlari tarkibiga kiradi.