KORYAKLAR MUXTOR OKRUGI

KORYAKLAR MUXTOR OKRUGI — RF Kamchatka viloyati tarkibidagi okrug. 1930-y. 10 dek. da tashqil etilgan. Mayd. 301,5 ming km2. Aholisi 29,3 ming kishi (2000). Koryak, chukcha, itelmen, rus, ukrain va b. millatlar vakillari yashaydi. Aholisining 37% shaharlarda istiqomat qiladi. Okrugda 5 shaharcha bor. Markazi Palana shaharchasi. Kamchatka ya. o. ning shim. da va materikning unga yondosh bir qismida joylashgan. Oxota va Bering dengizlari oʻrab turadi. Relyefi togʻli (eng baland joyi 2562 m). Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —24° dan —26° gacha, iyulniki 10—14°. Yillik yogʻin 300—700 mm. Okrug hududida koʻp yillik moʻzloq yerlar keng tarqalgan. Tuproqlari tundra, torfli-botqoq tuproklar. Xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — baliq sanoati, bugʻuchilik. Darrandachilik, ovchilik ham rivojlangan. Qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi. Penjina daryosida kemalar qatnaydi.