KORPUS

KORPUS (lot. corpus — tana) — 1) inshoot, mexanizm, asboblar, apparat, qurilmalar va baʼzi transport mashinalarining qismi;

2) yaxlit maydondagi bir necha binodan bittasi yoki yirik inshootning alohida qismi;

3) kegeli (oʻlchami) 10 punktga (3,76 mm ga) teng boʻlgan bosma shrift;

4) biror maxsus ish bilan mashgʻul boʻlgan mutaxassislar hayʼati (mas, diplomatik korpus, ofitserlar korpusi va b.).