KONTRASTLIK

KONTRASTLIK (fotografiyada) — fotoqogʻozdagi eng yorugʻ (och) va eng qorongʻi (toʻq) joylarning yorqinlik xossalari nisbati boʻyicha oq-qora fototasvirlarning tavsifi. Oq-qora tasvirda Kontrastlik qorayishning eng katta va eng kichik optik zichliklari (optik zichlik toʻshayotgan yorugʻlik nurlari uchun modda qatlamining noshaffoflik oʻlchovi) orasidagi tafovut (AD ~ Dmm — Dmin) sifatida aniqlanadi. Fotomaterial Kontrastlik gining miqdoriy va rangiy tavsifi K koeffitsiyenti deb ataladi. Agar fotosuratga olish sharoiti va kridalari toʻgʻri tanlansa, fotomaterialning Kontrastlik koeffitsiyenti qancha yuqori va obyekt ayrim joylarining och-toʻqligi orasidagi tafovut qancha katta boʻlsa, Kontrastlik ham shuncha yuqori boʻladi.