KONTEYNER

KONTEYNER (ing. container — joylashtirmoq) — 1) yuklarni idishsiz tashish uchun moʻljallangan qurilma. Konteyner mexanizatsiyalashgan ortish-tushirish va yuklash uchun moslashtirilgan boʻladi. Yuk ortilgan Konteynerning massasi 0,625; 1,25; 2,5; 5; 10; 20 va 30 t li boʻlishi mumkin. Konteyner larning oʻlchami va tuzilishi yuklarni mexanizatsiya vositasida tez yuklash, tushirish va yaxshi saqlanishini taʼminlashi kerak. Vazifasiga koʻra, universal va maxsus turlarga boʻlinadi; ular yogʻoch va metalldan yasaladi. Tuzilishiga qarab yopiq, ochiq, kataksimon, ajratma va taxlama turlarga ajratiladi;

2) radioaktiv moddalarni vaqtincha saqlash yoki tashish uchun moʻljallangan qurilma;

3) neft mahsulotlari qayta haydaladigan idish (rezervuar, bak, qabul qilgich) va b.