KONSTANTIN I

KONSTANTIN I, Flaviy Valeriy, Buyuk Konstantin (taxm. 285, Naissus — 337, Ankiron) — Rim imperatori (306— 337). Davlat boshqaruvini bosqichmabosqich markazlashtirib borgan, oldingi diniy eʼtiqod — butparastlikni saqlab qolgan holda, xristianlar cherkovini qoʻllab-quvvatlab turgan. K. I. davridagi muhim voqealardan biri — 313-y. dagi Milan edikta edi. Unga binoan, xristian diniga eʼtiqod qiluvchilarga erkinlik berilib, cherkov va cherkov mulklari qaytarib berildi. 324—330-y. larda Vizantii sh. oʻrnida yangi poytaxt — Konstantinopolta asos solgan. K. I davrida uning gʻalabalari sharafiga Rimdagi Zafar darvozasi qurilgan.