KONDUKTOR (lot. conductor — kuzatuvchi) —1) poyezdlar, avtobus, tramvay va b. da kuzatib boruvchi, bilet sotuvchi transport xodimi;
2) kesuvchi asbobni ishlov beriladigan detalga nisbatan yoʻnaltiruvchi parmalash va b. stanoklarida qoʻllaniladigan moslama. Ishlov beriladigan tyoshiklarning rejasiz oʻzaro aniq joylashishini taʼminlaydi;
3) yigʻma konstruksiyalarni vaqtinchalik mahkamlab, ularning holatini nazorat qiladigan qurilma; 4) yigʻiladigan yoki payvandlanadigan buyum detallarini kerakli vaziyatda toʻtib turadigan qurilma;
5) elektr zaryadlari yigʻiladigan metall shar, umuman har qanday elektr oʻtkazgichlar; 6.) konchilikda burgʻilanayotgan quduqlarga qoʻyiladigan trubalar, ular quduqning toʻgʻri yoʻnalishi va yuqori qismini suvdan muhofaza qilish uchun xizmat qiladi; 7) chor Rossiyasi flotidagi katta unterofitser mansabi.