KOMMUTATOR

KOMMUTATOR (lot. commuto — almashtiraman, oʻzgartiraman) , almashlab ulagich, taqsimlagich — elektr zanjirini ulash, oʻzish, almashlab ulash va zanjirdan oʻtayotgan tok yoʻnalishini oʻzgartirish uchun ishlatiladigan qurilma. Almashlab ulash qoʻlda (mas, telegraf K. i) yoki maxsus dastur asosida avtomatik tarzda bajariladi. Elektromexanik, elektron va elektron nurli Kommutatorlar bor. Oddiy elektromexaniq Kommutator: rubilniklar, elektr mashina kollektorlari; elektromagnit rele toʻplamlari va b. Elektron Kommutator — maʼlum funksional sxemalar boʻyicha ion asboblari, elektron lampalar, yarimoʻtkazgichlardan yigʻilgan elektron qurilmalar. Elektron nurli Kommutator — elektron nur yordamida boshqa asbobning ulanish sxemasini oʻzgartiradi. Kommutator elektrotexnika, aloqa, telemexaniqaning koʻp vositalari va b. da qoʻllanadi.