KOMISSIYA (lot. commissio — topshiriq) — 1) kollegial organ, bironbir vazifani bajarish (saylov K. si, hisob K. si, taf-tish Komissiyasi) yoki maxsus tadbirlar oʻtkazish uchun tuziladi;
2) Fuqarolik huquqida — shartnoma; unga koʻra, bir tomon (komissioner) 2-tomon (komitent)ning topshirigʻiga binoan muayyan haq evaziga oʻz nomidan, lekin komitentning manfaati va hisobiga 3-shaxs b-n bitim tuzadi.