KOMILOV

KOMILOV Orif (1930.1.6, Jizzax viloyati Jizzax tumani Oqqoʻrgʻon qishlogʻi — 2000.18.12, Toshkent) — tuproqshunos-meliorator olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), q. x. fanlari d-ri (1983), prof. (1986). SamDU tuproqshunoslik f-tini tugatgan (1955). Oʻzbekiston FATuproqshunoslik (hoz. Tuproqshunoslik va agrokimyo) in-tida katta ilmiy xodim (1963—69), shoʻr tuproqlar lab. mudiri (1969—91), 1991-y. dan shoʻr tuproqlar genezisi va melioratsiyasi boʻlimi mudiri. Ilmiy ishlari Urta Osiyo mintaqasida shoʻr tuproqlarning vujudga kelishi va ularning meliorativ holatini yaxshilash, mahalliy (mintaqaviy) tuproq hosil boʻlishi jarayonining nazariy konsepsiyasini yaratish muammolariga bagʻishlangan.

Ac: Tuproq shoʻrlanishi va unga qarshi kurash choralari, T., 1973; Meliorativnoye sostoyaniye i plodorodiye vnov osvoyennыx pochv Golodnoy stepi, T., 1985; Melioratsiya zasolennыx pochv Oʻzbekistona, T., 1985; Genezis i svoystva okarbonachenno-zagipsovannыx pochv Sentralnoy Ferganы (hamkorlikda), T., 1992.