KOLXIDA

KOLXIDA — Gʻarbiy Gruziya (Egrisi) ning yunoncha nomi. Mil. av. 6-a. da Kolxida hududida Fasis va Dioskuriada yunon koloniyalari vujudga kelgan, 6—2-a. larda esa Kolxida podsholigi boʻlgan. Keyingi davrlarda (19-a. ning boshlarigacha) K. Gruziyada tashkil topgan turli davlatlar tarkibiga kirgan (yana q. Gruziya).