KOLLEKTOR-DRENAJ TARMOGʻI

KOLLEKTOR-DRENAJ TARMOGʻI — yerlarni botqoqlanishdan va shoʻr bosishdan saqlash hamda optimal suv-tuz rejimini taʼminlash maqsadida ortiqcha tuproq va grunt suvlarini yi-gʻib, melioratsiya qilinadigan maydondan chiqarib yuborish maqsadlarida quriladigan inshootlar majmui. K.d. t. ning katta qismini ochiq zovurlar tashkil qiladi. Oʻzbekistonda xoʻjaliklararo kollektorlarning umumiy oʻz. 28,2 ming km, 2,8 mln. ga dan ortiq sugʻoriladigan yerlar kollektordrenaj tarmoqlari bilan taʼminlangan (2001). K.-d. t. ni qurish Mirzachoʻl, Qarshi choʻli, Surxon-Sherobod dashtidagi yerlarni keng miqyosda oʻzlashtirish imkonini berdi.

K.-d. t. ning eng yirik tarmoqlari Buxoro, Xorazm, Sirdaryo, Andijon va Fargʻona viloyatlarida, Turkmanistonda Qoraqum kanali zonasida, Tojikistonda Vaxsh vodiysi, Yovon vohasida qurilgan boʻlib, melioratsiyalanganga maydonga 25 dan 52 m gacha uzunlikda kollektor va zovur toʻgʻri keladi. K.-d. t. qurish agrotexnik tadbirlar bilan birgalikda shoʻr yerlar melioratsiyasida, ekinlar hosildorligini va yalpi hosilini oshirishda muhim ahamiyatga ega (q. Gorizontal drenaj).

Masharif Boqiyev.