KOLLEGIYA

KOLLEGIYA (lot. collegium — oʻrtoqlik, birodarlik) , hayʼat — 1) rahbarlik qiluvchi, maslahat yoki farmoyish beruvchi organni tashkil etadigan shaxslar guruhi (mas, vazirlik K. si, sud K. si). Yana q. Kollegiallik;

2) bir kasb kishilarining ixtiyoriy uyushmasi (mas, advokatlar Kollegiyasi);

3) 18-a. da Rossiyada oliy hukumat muassasasining nomi;

4) 18-a. — 20-a. ning boshida Rossiyada ayrim oʻquv yurtlarining nomi (mas, Xarkov kollegiumi).