KOIMBATUR

KOIMBATUR, Koyamputtur — Hindistonning jan. qismidagi shahar. Tamilnad shtatida. Aholisi 820 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari, shahar atrofi bilan 1,1 mln.). T. y. tuguni. Mamlakatning jan. dagi toʻqimachilik sanoatining yirik markazi. Toʻqimachilik mashinalari, elektromotorlar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, kimyo, sement sanoati korxonalari bor. Kino sanoati rivojlangan. Gips olinadi.