KOVDA Viktor Abramovich

KOVDA Viktor Abramovich (1904.29.12, Vladikavkaz — 1991.23.10, Moskva) — tuproqshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1943). Krasnodar qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1927). V. V. Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik in-ti shoʻrlangan tuproqlar lab. mudiri (1931-39), Moskva un-ti prof. (1939), tuproqshunoslik kafedrasi mudiri (1953-91), SSSR FAning Oʻzbekiston filiali Botaniqa va tuproqshunoslik inti direktori (1941—42), YUNESKOning Aniq, va tabiiy fanlar departamenti direktori (1958—65; Parij), Rossiya FA Agrokimyo va tuproqshunoslik in-ti direktori (1970—80).

Kovdaning asosiy tadqiqotlari Rossiya, Xitoy, Lotin Amerikasi tuproqlarini oʻrganishga bagʻishlangan va jahon darajasida eʼtirof qilingan, shoʻrlangan tuproklarning kelib chiqishi, evolyutsiyasi, geogr. si va melioratsiyasiga, gurunt suvlaridagi toʻz tarkibining shaqllanish qonuniyatlariga, ayrim mintaqalar va Yer sharining quruqlik qismi toʻz balansi masalalari, ularni xaritaga tushirish ishlariga bagʻishlangan.

Uning rahbarligida «Jahon tuproq xaritasi» nashr qilingan (1979). Kovda tuproqshunoslikka doir bir necha xalqaro loyihalarga rahbarlik qilgan.

As: Solonchaki i solonsы, M.-L., 1937; Osnovы ucheniya o pochvax: kn. 1—2. M., 1973; Aridizatsiya sushi i borba s zasuxoy. M., 1977.