KOBULIY

KOBULIY (taxallusi; asl ismi Mir Sayd) (15-a.) — shoir. Kobul amirlaridan boʻlgan shayx Abu Saidning oʻgʻli. Alisher Navoiyning togʻasi. Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasida Kobuliyning sheʼriy isteʼdodi yuqori boʻlganligi, sheʼrlarining aksariyati turkiy tilda ekanligini alohida taʼkidlab koʻrsatgan. Navoiy tazkirasi orqali bizga Kobuliyning bir tuyugʻi yetib kelgan.