KLYUKVA

KLYUKVA (Oxycoccis) — brusnikadoshlar oilasiga mansub doim yashil buta oʻsimliklar turkumi. Poyasi yer bagirlab oʻsadi, bargi mayda, qalin. Guli qizgʻishpushti, gulbargi va kosachabarglari 4 ta. Mevasi — tuk, kizil rezavor-meva. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada 4 turi bor. K. mevasi qimmatbaho ovqat mahsuloti boʻlib, tarkibida limon, benzoat va b. kislotalar, pektin moddalar, vaksinini glikozidi, vitamin S va R bor; oziqovqat va likyor-araq sanoatida koʻp ishlatiladi. Mevasi va ekstrakti issiqni pasaytirish, lavshaga qarshi, antibiotik va sulfanilamidlar taʼsirini kuchaytirish uchun hamda chanqov bosdi ichimlik sifatida ishlatiladi. Klyukva meʼda-ichak yoʻli bezlarining sekretini kuchaytiradi: sekret pasayishidan kelib chiqqan gastritni davolashda ham qoʻllaniladi. Shim. Amerikada ekiladi.