KITCHENER

KITCHENER — Kanadaning jan. qismidagi shahar, Ontario provinsiyasida, Grand-River daryosi vodiysida. Aholisi 421,8 ming kishi (2000, shahar atrofi b-n). Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, metallsozlik, koʻn-teri, toʻqimachilik, elektronika sanoati korxonalari bor.