KITAKAMI

KITAKAMI — Yaponiyadagi togʻ, Xonsyu o. ning shim.-sharqida. Oʻz. 200 km, kengligi 60 km chamasida, eng baland joyi 1914 m (Xayatine choʻqqisi). Gʻarb tomondan Kitakami va Mabeti daryolari vodiylari bilan chegaralangan, sharqiy yon bagʻri koʻplab qoʻltiq va buxtalarni hosil qilgan holda Tinch okeanga tutashgan.