KISLOTA-ISHQOR MUVOZANATI

KISLOTA-ISHQOR MUVOZANATI, k i sl ota — ishqor balansi, kislota-ishqor holati — organizm ichki muhitidagi vodorod koʻrsatkichi (rN) ning nisbiy doimiyligini vujudga keltiruvchi fizik-kimyoviy va fiziologik jarayonlar yigʻindisi. Moddalar almashinuvida hosil boʻladigan kislotali va asosli (ishqorli) mahsulotlar qonga oʻtib turishiga qaramay, soglom odam qonidagi rN 7,35 — 7,47 chamasida boʻladi. Hayotiy jarayonlar normal boʻlishi uchun organizm ichki muhitidagi rN qiymati doimiy boʻlishi shart (q. Gomeostaz). rN 6,8 dan past va 7,8 dan yuqori boʻlsa, organizm yashay olmaydi. Qonning bufer sistemalari va organizmning koʻpgina fiziologik sistemalari K.-i. m. da qatnashadi. Qonga kuchli kislota (mas, xlorid kislota) qoʻshilsa, bikarbonat bilan reaksiyaga kirishib, kuchsiz karbonat kislota hosil qiladi, u esa muhitdagi rN ni oʻzgartirmaydi. K°nga kuchli asos qoʻshilsa, karbonat kislota bilan reaksiyaga kirishib, bikarbonat hosil qiladi, bu esa qondagi rN ni deyarli oʻzgartirmaydi. Konda karbonat kislota miqdori koʻpayganda oʻpka orqali, bikarbonat miqdori koʻpayganda esa buyrak orqali chiqib ketadi. Qondagi rN ning kislota tomonga siljishi atsidoz, ishqrr tomonga siljishi esa alkaloz deb ataladi.