KIRISH SOʻZLAR

KIRISH SOʻZLAR — gap bilan sintaktik bogʻlanmagan soʻzlar. Soʻzlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini («baxtimga», «afsuski»), fikrning umumiy bahosini («ehtimol», «albatta»), kimga karashli ekanligini («menimcha», «aytishlaricha») yoki oldingi fikr bilan aloqasini («xullas», «nihoyat») bildiradi.